graphify
Persistent memory MCP server for Claude Code that stores decisions and summaries locally, enabling Claude to recall past context across chats.
README
Graphify — Claude Code uchun doimiy xotira 🧠
Claude Code'da har yangi chat ochganingizda loyihani noldan tushuntirasizmi? Graphify buni hal qiladi: barcha qarorlar, xulosalar va muhim ma'lumotlar kompyuteringizdagi lokal bazada saqlanadi, Claude har yangi chatda undan faqat keraklisini oladi. Natija: kam token sarfi, kam takrorlash, Claude eski qarorlaringizni "eslaydi".
Hammasi lokal ishlaydi — indekslash va qidirish 0 token, hech qanday API kalit yoki ro'yxatdan o'tish kerak emas. Ma'lumotlaringiz hech qayerga jo'natilmaydi.
Eslatma: bu loyiha GitHub'dagi mashhur
graphify(kod-bazani bilim grafiga aylantiruvchi CLI,Graphify-Labs/graphify) bilan hech qanday aloqasi yo'q — nom bir xil bo'lsa-da, vazifasi butunlay boshqa: bu — Claude Code uchun shaxsiy xotira MCP serveri.
Xususiyatlar
search_knowledge/save_memory— Claude o'zi vazifa boshida qidiradi, oxirida saqlaydi (qo'lda ham chaqirsa bo'ladi)- Loyiha bo'yicha izolyatsiya — bir loyihaning xotiralari boshqasiga aralashmaydi (xohlasangiz hammasidan qidirsa bo'ladi)
- Vizual dashboard (
/graphifyyokistart_dashboard.bat) — uchta ko'rinish:- Ro'yxat — barcha xotiralarni ko'rish, qidirish, filtrlash, o'chirish
- Graf — xotiralar orasidagi semantik o'xshashlik force-directed graf sifatida, loyiha bo'yicha rangli halqa + checkbox filter bilan
- Modellar — embedding modelini tanlash (lokal/OpenAI/Ollama/maxsus API)
- Token tejash statistikasi —
search_knowledgeqancha token tejaganining taxminiy hisobi (dashboard'da va/graphify tokenbilan)
Talablar
- Windows 10/11
- Python 3.10+ — o'rnatishda "Add python.exe to PATH" katagini albatta belgilang
- Claude Code (desktop yoki CLI)
O'rnatish (2 daqiqa)
- Bu repo'ni klonlang yoki ZIP qilib yuklab oling, doimiy joyga qo'ying (masalan
C:\graphify— keyin joyini o'zgartirmang!) install.batustiga ikki marta bosing- Tugagach Claude Code'ni yopib, qayta oching
Tamom. Tekshirish uchun chatda /mcp yozing — ro'yxatda graphify ko'rinishi kerak.
Qanday ishlaydi
Hech narsa qilishingiz shart emas — Claude o'zi:
- vazifa boshida bazadan eski qarorlarni qidiradi (
search_knowledge) - sessiya oxirida xulosani saqlaydi (
save_memory)
Qo'lda ham buyura olasiz:
- "graphify'dan qidir: to'lov moduli qanday qilingan edi"
- "bu qarorni graphify'ga saqla"
- "graphify'dagi eslatmalarni ko'rsat"
/graphify slash-komandasi ham o'rnatiladi:
| Komanda | Natija |
|---|---|
/graphify |
Vizual dashboardni ochadi (http://localhost:5000) |
/graphify list |
Saqlangan xotiralar ro'yxati |
/graphify save <matn> |
Matnni xotiraga saqlaydi |
/graphify token |
Token tejash statistikasi (taxminiy) |
/graphify <so'z> |
Semantik qidiruv |
Xotiralar loyiha bo'yicha avtomatik ajratiladi — bir loyihaning qarorlari boshqasini chalg'itmaydi, lekin kerak bo'lsa hammasidan qidirsa bo'ladi.
Hujjatlarni qo'shish (ixtiyoriy)
.md/.txt hujjatlaringizni bazaga indekslash:
.venv\Scripts\python.exe indexer.py "C:\yo'l\hujjatlar-papkasi" --project LoyihaNomi
Eski loyihani tanishtirish
O'sha loyihada chat ochib, bir marta ayting:
"Loyihani o'rganib chiqib, asosiy arxitektura, texnologiyalar va muhim qarorlarni graphify'ga saqla"
Keyingi barcha chatlar shu tayyor xotiradan boshlanadi.
Embedding modelini almashtirish
Standart — lokal, bepul model (kalit/internet shart emas). Dashboard'ning "Modellar" bo'limida OpenAI/Ollama/maxsus API'ga o'tsa bo'ladi — lekin bazada allaqachon ma'lumot bo'lsa, bu buzuvchi o'zgarish: eski vektorlar yangi model bilan mos kelmaydi. Amalda almashtirish uchun kg_db/ ni bo'shatib, indexer.py bilan qayta indekslash kerak. Batafsil: CUSTOM_MODELS.md.
Maslahatlar
- Sifat > miqdor: hamma narsani emas, qaror va xulosalarni saqlang
- Eskirgan xotiralarni o'chirtirib boring: "mem_xxx ni o'chir"
- Butun xotira
kg_db/papkasida — backup qilsangiz, hech narsa yo'qolmaydi
O'chirish
uninstall.bat ni ishga tushiring — Claude Code'dan uziladi. Keyin papkani qo'lda o'chirsangiz bo'ladi.
Muammolar
| Muammo | Yechim |
|---|---|
| "Python topilmadi" | Python'ni PATH bilan qayta o'rnating |
/mcp da graphify yo'q |
Claude Code'ni to'liq yopib qayta oching |
| Birinchi qidiruv sekin | Normal — model birinchi marta yuklanadi |
| Papkani ko'chirdim, ishlamayapti | install.bat ni yangi joyda qayta ishga tushiring |
Litsenziya
MIT — LICENSE fayliga qarang.
推荐服务器
Baidu Map
百度地图核心API现已全面兼容MCP协议,是国内首家兼容MCP协议的地图服务商。
Playwright MCP Server
一个模型上下文协议服务器,它使大型语言模型能够通过结构化的可访问性快照与网页进行交互,而无需视觉模型或屏幕截图。
Magic Component Platform (MCP)
一个由人工智能驱动的工具,可以从自然语言描述生成现代化的用户界面组件,并与流行的集成开发环境(IDE)集成,从而简化用户界面开发流程。
Audiense Insights MCP Server
通过模型上下文协议启用与 Audiense Insights 账户的交互,从而促进营销洞察和受众数据的提取和分析,包括人口统计信息、行为和影响者互动。
VeyraX
一个单一的 MCP 工具,连接你所有喜爱的工具:Gmail、日历以及其他 40 多个工具。
graphlit-mcp-server
模型上下文协议 (MCP) 服务器实现了 MCP 客户端与 Graphlit 服务之间的集成。 除了网络爬取之外,还可以将任何内容(从 Slack 到 Gmail 再到播客订阅源)导入到 Graphlit 项目中,然后从 MCP 客户端检索相关内容。
Kagi MCP Server
一个 MCP 服务器,集成了 Kagi 搜索功能和 Claude AI,使 Claude 能够在回答需要最新信息的问题时执行实时网络搜索。
e2b-mcp-server
使用 MCP 通过 e2b 运行代码。
Neon MCP Server
用于与 Neon 管理 API 和数据库交互的 MCP 服务器
Exa MCP Server
模型上下文协议(MCP)服务器允许像 Claude 这样的 AI 助手使用 Exa AI 搜索 API 进行网络搜索。这种设置允许 AI 模型以安全和受控的方式获取实时的网络信息。